O‘zbekiston – Xitoy: strategik sheriklik va do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida

July 6, 2020

O‘zbekiston – Xitoy: strategik sheriklik va do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida

         Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi devonxonasi tomonidan «O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy munosabatlari zamonaviy bosqichda» mavzuida brifing o‘tkazildi. 

       O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini bir qancha hujjatlar mustahkamlab turadi. Bunda 2017-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot alohida ahamiyat kasb etmoqda.

       Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 11-13-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy savdo-iqtisodiy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasi, erkin iqtisodiy va kichik iqtisodiy zonalar barpo qilish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

       Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Xitoy hukumatining imtiyozli va tijorat kreditlari asosida O‘zbekistonda elektr energiyasi, neft-gaz, gidroenergiya va kimyo sanoati, havo va temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish singari 60 dan ortiq yirik loyiha amalga oshirildi.

 

So‘ngi yangiliklar
July 6, 2020

COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun 7 qadam

July 4, 2020

COVID-19 pandemiyasi davrida o'zbek-xitoy munosabatlari

July 6, 2020

Paxta, poliester va paxta-polyester matolarni bo'yash.

July 4, 2020

O'zbekistondagi investitision muhit yaxshilanmoqda